Auditorlik tekshiruvi — bu auditorlik tashkiloti tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotlari va ular bilan bog‘liq moliyaviy ma’lumotlarini tekshirish bo‘lib, uning maqsadi tekshirilayotgan moliyaviy hisobot va moliyaviy ma’lumotlarning ishonchliligi hamda buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbuskor shakllarda o‘tkaziladi.